28 iyu 07:51
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosportchilarimiz Qozog'istondagi musobaqada muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar
SHu kunlarda Qozog'istonda velosport bo'yicha Astana shahrining 20 yilligiga bag'ishlangan Astana Kubogi musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
			Ushbu velopoygalarda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Moldova, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, O'zbekiston mamlakatlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq velosportchilar ishtirok etishmoqda.
O'tkazilgan bahslarda hamyurtimiz B.Rahimboev ikkinchi, D.Sirko esa to'rtinchi o'rinni egalladi. Ayni paytda terma jamoamiz sportchilari umumiy hisobda ikkinchi o'rinni egallab turibdilar. Bellashuvlar davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, bungacha velosportchilarimiz 14-18 iyun kunlari Qozog'istonda tashkil qilingan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgandilar.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar