20 apr 12:07
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosportchilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada startga chiqishdi
Velosport bo'yicha “Toshkent” mintaqaviy jamoasi (“Tashkent” continental cycling team) 18 aprel kuni Turkiyaga jo'nab ketgandi.
			Bugundan hamyurtlarimiz 23 aprelgacha davom etadigan xalqaro “Tour of Mersin” velopoygalaridagi ishtiroklarini boshlashdi. Musobaqada yurtimiz jamoasidan tashqari Turkiya, Bolgariya, Qozog'iston, Germaniya, Belarus, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan jami 15ta jamoa tarkibida 100 nafarga yaqin velosportchi qatnashyapti.
Ushbu turnirda yurtimiz sport sharafini Dilmurod Siddiqov, Andrey Izmaylov, Sergey Medvedev, Semen Sevatyanov va Doston Ollamovlar himoya qilmoqdalar.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar