So’nggi yangiliklar

17:18Istanbul Open. Тимофееванинг ҳам юриши бошланди 0 16:57Кунья МЮ Чемпионлар Лигасига чиққанидан кейин дадил баёнот берди 0 16:36"У "стойка"да ҳам Стриклендни таслим этиши мумкин". Чимаевнинг спарринг шериги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 16:15The Ring. Иноуэ янгиланган рейтингда пешқадамга айланиб олди 0 15:54Усик — Бенавидес жанги ўтказилиши мумкин 0 15:33"Реал" ҳимоячиси узоқ муддатга сафдан чиқди 0 15:12Чимаев: "Стриклендни ҳар куни дўппослардим, балки Шон бундан хафа бўлгандир" 0 14:51Камшибек Конкабаев шу ҳафта проф боксда жанг қилади 0 14:30Яхши янгилик: Велоспортчимиз "Giro d’Italia" нуфузли турнирида иштирок этади 0 14:09Чемпионлик пойгаси авжида. "Арсенал" ва "Ман Сити"нинг АПЛдаги тақвими қандай? 0 13:48Жавоҳир Синдаров: "Абдусатторов билан рақобат борми?" 0 13:27Кудерметова Istanbul Open турниридаги иштирокини бошлади 0 13:06Маҳмуд Мурадов Mangu Лигасида жанг қиладими? Спортчининг ўзи жавоб берди (ВИДЕО) 0 12:45"Унда улкан салоҳият бор". Агуэро Ҳусановни мақтади 0 12:24Ўзбекистон — хоккей бўйича Осиё кубогининг уч карра ғолиби! (+ФОТО) 0

19 iyu 07:37
Yangiliklar

Velosport

Velosportchimiz Petropavloskdagi xalqaro musobaqada uchta medal qo'lga kiritdi

14-18 iyun kunlari Qozog'istonning Petropavlovsk shahrida Olimpiya o'yinlari g'olibi Aleksandr Vinokurov sovrini uchun o'smirlar o'rtasida ko'pkunlik Mintaqaviy velopoyga o'tkazildi.

Mazkur nufuzli velopoygada Rossiya, Ozarbayjon, Belorus, Ukraina, Moldova, Kozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda O'zbekistondan tashrif buyurgan 140 nafardan ortiq sportchilar va 16ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqada B.Ismatov, D.Bocharov, A.Gafarov, S.Gorelikov, B. Rahimov va D.Sirko kabi velosportchilar katta murabbiy B.Nuratdinov boshchiligida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordilar. 

Ko'pkunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra hamyurtimiz Dmitriy Sirko turli yo'nalishlarda ikkita oltin, bitta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Ushbu g'alaba orqali terma jamoamiz 16ta jamoa ichida ikkinchi o'rindan joy oldi.

“Ushbu velopoygada ilk marotaba ishtirok etdim. Bahslarda kuchli sportchilarning ishtirok etgani menga yanada masuliyat yukladi. Boz ustiga, birinchi bosqich poygalari vaqtida yoqqan kuchli yomg'ir bahslarni qiyinlashtirdi. SHunga qaramay, o'sha poygada uchinchi o'rinni egallay oldim. Qolgan yo'nalishlarda esa oltin medallarga sazovor bo'ldim” – dedi Sirko.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing