20 may 13:27
Yangiliklar
Velosport
Velosportchimiz Qozog'istondagi musobaqada kumush medalni qo'lga kiritdi
Qozog'istonning Nur-Sultan shahri velosportning trek yo'nalishi bo'yicha “Silk Way Series Astana” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qildi.
Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilgani uchun ham unda dunyoning 16 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etishdi.
Musobaqa doirasida hamyurtimiz Murodjon Xolmuratov shaxsiy ochkolar poygasida kumush medali bilan taqdirlangan edi. Kecha o'tkazilgan skretch yo'nalishida terma jamoamizning boshqa bir vakili Andrey Izmaylov ham kumush medalini qo'lga kiritdi.
Jami 15 kilometr masofaga o'tkazilgan bellashuvda ispaniyalik Illart Zauzubiskart marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi. Bronza medali esa xitoylik Pingan SHenga nasib etdi. Ushbu natija sportchimizga Tokio Olimpiadasi uchun 90 reyting ochkosini ham taqdim qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar