14 iyu 22:11
Yangiliklar
Dzyudo
Vengriya Gran-prisi. Bekmurod 5-o'rin bilan kifoyalandi
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi turnir yakuni sari yaqinlashmoqda.
Hozirgina musobaqaning +100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etgan vakilimiz Bekmurod Oltiboev bronza medali uchun bahsda tatamiga chiqdi.
Afsuski, Oltiboev gruziyalik polvon Gela Zaalishviliga qarshi kechgan bahsda raqibiga imkoniyatni boy berib, 5-o'rin bilan kifoyalandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Vengriya Gran-prisini 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Hamyurtlarimizdan SHahram Ahadov (-66 kg) va Hikmatulloh To'raev (-73 kg) Toshkentga bronza medali hamda 350 reyting ochkosi bilan qaytadigan bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar