14 iyu 13:51
Yangiliklar
Dzyudo
Vengriya Gran-prisi. Bobonov ilk davradayoq yutqazdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqaning so'nggi uchinchi kungi bahslarida yurtimiz sharafini besh nafar dzyudochimiz himoya qilmoqda. Afsuski, ulardan biri Davlat Bobonov ilk davra uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
-90 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Davlat ukrainalik Kedjo Nabaliga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar