14 iyu 14:12
Yangiliklar
Dzyudo
Vengriya Gran-prisi. Xurramov g'alaba bilan boshladi
Xabar berganimizdek, Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Musobaqaning -100 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Muhammadkarim Xurramov ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
U ilk davra uchrashuvida slovakiyalik Matey Xajasni mag'lubiyatga uchratdi. Endi Muhammadkarim ikkinchi bosqich bellashuvida vengriyalik Miklos Kirjeniksga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar