28 avg 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Verdum: Emelyanenkoni birinchi raundda nokaut qilaman
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Fabriciu Verdum Fedor Emelyanenko haqida yana bir bor fikr bildirdi.
“Bizning revansh sport tarixidan joy olishiga ishonaman. Uni 2010 yilda mag'lub etishga erishganman. Menimcha, ikkinchi jangda ham buni uddalay olaman. Fedorni birinchi raundda nokaut qilaman”,-dedi Verdum.
Eslatib o'tamiz, Verdum 2002 yildan beri MMA sport turida faoliyat olib boradi. Uning hisobida 24 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar