11 iyu 10:34
Yangiliklar
Vetnam urushi faxriylari Oq uydagi UFC turnirini bekor qilishga urinmoqda
Davogarlar bo'lajak tadbirni "chuqur korrupciyalashgan" deb atashdi, chunki prezident Donald Tramp UFC va tashkilot rahbariga "xususiy tijorat sport tadbirini o'tkazish uchun Oq uy va Linkoln yodgorligiga to'siqsiz kirish" imkonini berdi. Bu Amerika qonunchiligiga zid bo'lishi mumkin.
"Bunday sud davosini kutgan edik. Bu voqea bilan bog'liq hamma narsani kutishardi. Bu oldinroq sodir bo'ladi deb o'ylagandik. Bu qarshilik ro'y berishini bilardik", - dedi UFC rahbari Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, bugun Vashingtondagi Oq uy oldida oktagon o'rnatildi. Sportchilar uchun echinish xonalari ham tayyor. AQSH mustaqilligining 250 yilligi, Donald Tramp tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan turnir 14 iyun kuniga belgilangan.

Fikrlar