24 okt 12:16
Yangiliklar

Vetnamlik bokschi yaponiyalik chempiondan kamarini tortib oldi, yangi chempionning murabbiyi - o'zbekistonlik!
"Cocybuffalo Promoutions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshomning markaziy jangi ayollar engil vazn toifasida bo'lib o'tdi. Unda yaponiyalik Etsuko Tada (26-20-3-3, 7 KO) o'ziga tegishli WBO kamarini vetnamlik Txu Nxi Nguyandan himoya qildi.
Ushbu jang 10 raundga mo'ljallangan bo'lib, vetnamlik davogar bokschi tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkent va Yangiobodda o'tkazgan edi. Uning murabbiyi Bobur Najmiddinov hisoblanadi. Jang hech kim kutmaganda vetnamlik bokschining ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
Ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan Txu Nxi Nguyan Vetnam tarixidagi birinchi jahon chempioniga aylandi. Bobur Najmiddinov esa jahon chempionini tayyorlagan ilk o'zbekistonlik murabbiyga aylandi.
Fikrlar