16 iyu 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Vettori Paulo Kostani jangga chaqirdi. Kosta esa uni ustidan kulib, javob berdi
Yaqindagina Israel Adesanyadan mag'lub bo'lgan UFC jangchisi Marvin Vettori Paulo Kostaga "vyzov" tashladi.
"Agar Darren Till men bilan jang qilishga tayyor bo'lsa, unda men ham tayyorman. Ammo, men chin dildan mana bu piyonista Paulo Kostani jazolashni xohlayman. Albatta, agar u ichkilikdan voz kechib jang qilishni xohlasa", - dedi Marvin Vettori.
Kosta esa tvitter orqali tezda javob qaytardi.
"Men mana bu tentak bilan jang qilishga tayyorman, agar u jangga huddi shunday ko'rinishda kelsa", - deb yozadi braziliyalik jangchi.
Vettori jangdan oldingi fotosessiyada maxsus shortiklarini teskari kiyib olgan holda suratga tushgandi. Kosta aynan shuni nazarda tutib, Vettorining ustidan kuldi.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar