15 okt 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Viktor Pasilyac Murodjon Ahmadalievni nishonga oldi
"Prince Ranch Boxing"ning engilmas bokschisi Viktor Pasilyac (16-0, 9 KO) oxirgi jangini ajoyib nokaut bilan yakunlagandan so'ng, navbat chempionlik jangiga kelganini takidladi.
Pasilyac chempionlar bilan kamar uchun jang qilishni xohlaydi, uning asosiy nishonlaridan biri - Murodjon Ahmadaliev. Eng engil vazn toifasida IBF va WBA kamarlari sohibi bo'lib turgan Murodjon Ahmadaliev AQSHda "M.J" nomi bilan juda mashhur.
"Men boks olamidagi eng katta sirman, mening jamoam va yaqinlarim nimaga qodirligimni yaxshi bilishadi. Men chempionlik sari ketayapman. Albatta, "M.J" dan hamma qo'rqadi. Men esa u bilan jang qilishni xohlayman. Hech kim uni jangga chorlay olmaydi, lekin men bu ishni qilaman. Men uni yo'ldan olib tashlayman", - dedi Viktor Pasilyac.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar