12 jan 15:43
Yangiliklar
Viktoriya Dudakova ilk urinishdayoq Open FC chempioni bo'ldi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi UFC’ni tark etganidan so'ng ilk jangini o'tkazdi va birinchi raunddayoq Sadaf Kayumovani bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. Dudakova vazifani ikki daqiqa-yu bir soniyada uddaladi. U raqibasini qo'l uchburchagi yordamida uxlatib qo'ydi. Jang oldidan 4:1 ko'rinishidagi rekordga ega Kayumova uchun bu faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi.
G'alabadan so'ng Dudakovaga engil vazn toifasida Open FC chempionlik kamari, shuningdek, homiydan 100 ming rubl miqdorida bonus topshirildi. Viktoriya bundan avvalgi jangini bir yil avval - 2025 yilning yanvar oyida UFC Fight Night 249 turniri doirasida Fatima Klaynga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ygandi. Uning hisobida 9 g'alaba va 2 mag'lubiyat bor. Kayumova esa 2025 yilning noyabrida DMV 1 x Bears FC 10 turnirida Arpin Mexrabyanni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi.

Fikrlar