04 may 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Virjil Ortis: "Krouford yana bir-ikkita jangdan keyin faoliyatini yakunlaydi"
Prof boksning super yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion Virjil Ortis WBA kamari sohibi Terens Krouford haqida gapirdi.
"U super yarim o'rta vazn toifasiga qaytmaydi. Men u bilan gaplashdim, bu haqda birinchi marta aytyapman. Men u bilan gaplashdim, Terens bu vaznda boshqa jang qilmaydi. Krouford yana ikkita jang o'tkazib, keyin faoliyatini yakunlaydi. Men uni hurmat qilaman, chunki u super engil va yarim o'rta vaznlarda mutlaq chempion bo'lgan. Pulni ishlab, vaqtida ketish kerak. U yana nimani isbotlashi kerak? Men ham xuddi shunday qilgan bo'lardim, shuning uchun Kroufordni ayblamayman", deydi Ortis.
37 yoshli Terens Krouford kuzda Kaneloga qarshi jang o'tkazishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : Boxing News+
Fikrlar