24 sen 12:18
Yangiliklar

Visente Luke UFC Fight Night 261 turniridagi raqibi o'zgardi
Oqshom doirasida yarimo'rta vazn toifasi vakili braziliyalik Visente Luke Santyago Ponzinibbioga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin Santyago jarohat sabab safdan chiqdi. Endi uning o'rnini engil vaznda jang qilib kelgan ispaniyalik Yoel Alvares egallaydi. U yarimo'rta vaznda debyut qiladi.
Malumot uchun, 33 yoshli Visente Luke so'nggi uch yildan beri g'alaba va mag'lubiyatni almashtirib kelmoqda. So'nggi jangini iyun oyida Kevin Xollandga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.
32 yoshli Yoel Alvares esa aksincha, muddatidan avval qo'lga kiritilgan uchta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U Mark Diakezini bo'g'ish, Elvis Brener va Drakkar Klozeni nokaut evaziga taslim etgan edi. "Fenomen" so'nggi mag'lubiyatini 2022 yilning fevral oyida Arman Carukyandan qabul qilib olgandi. Ayni paytda har ikki jangchi ham o'z divizionlarida Top-15 reytingidan joy olmagan.
Fikrlar