20 avg 18:55
Yangiliklar

Vitaliy Klichko Joshua bilan revansh oldidan Usikka murojaat qildi
"20 avgust kuni Ukraina uchun navbatdagi jang bo'lib o'tadi. To'g'ri, bu boks jangi, ammo biz uchun barcha sohada g'alaba muhim. Aleksandr Usik Ukraina madhiyasi va bayrog'i ostida ringga chiqadi. Butun dunyo bo'ylab millionlab odamlar Usik va Joshua o'rtasidagi revanshni kuzatadi. Ukraina g'alabasini butun dunyo ko'radi. Sasha, biz senga ishonamiz va muxlislik qilamiz. G'alaba bizniki bo'ladi!", - deb aytib o'tdi Klichko ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
Malumot uchun, Usik - Joshua 2 qarama-qarshiligi bugun tunda, aniqrog'i bizning vaqt bilan taxminan soat 01:00da bo'lib o'tadi. Ushbu boks oqshomi O'zbekiston vaqti bilan 20:00da start oladi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.
Fikrlar