08 sen 18:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko akasi bilan bo'lgan qonli sparringlar haqida gapirdi
Ukrainalik sobiq bokschi Vladimir Klichko akasi Vitaliy Klichkoga qarshi o'tkazgan janglari haqida gapirdi.
"Bizning maqsadimiz jiddiy bo'lgan va birinchi bo'lishni istardik. Bu bizning qonimizda bor, lekin biz bir-birimizni yaxshi ko'rardik va hurmat qilardik.
Biz turnirlar davomida bir-birimiz bilan jang qilmaganmiz, ammo bu ishni sparringlarda qilardik. Bu hazil jang bo'lmasdi. Vaziyat qon chiqishgacha borgan. Ammo shunday mashg'ulotlarning biridan so'ng biz yaxshisi bu ishni qilmaslik kerakligini tushunganmiz", - dedi Klichko.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar