05 noy 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko ringga qaytishi mumkinligiga shama qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko faoliyatini qayta tiklash istagi borligini malum qildi.
Ukrainalik boks afsonasi Fox Sports nashriga bergan intervyusida bu holat ro'y berish ehtimoli borligini aytgan.
“Bu kutilmagan qaror hamda voqeylik bo'lardi. Men hozirgi jismoniy holatimda ham 12 raund bemalol jang o'tkaza olaman. Lekin ana shu holatimni qanchalik uzoq saqlay olaman, buni bilmayman. Superog'ir vazn toifasida eng yoshi katta jahon chempioni sifatida afsonaviy Jorj Formanning rekordini yangilashni xolayman”, - dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Jorj Forman 1994 yilning noyabr oyida 45 yoshu 9 oylik holatida superog'ir vaznda jahon chempioni bo'lgan edi. Vladimir Klichko esa kelasi yilning mart oyida 43 yoshga to'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar