02 noy 17:49
Yangiliklar

Vladimir Putin AIBA Kongressi ishtirokchilariga tabrik yo'lladi
AIBA Kongressi avvalida Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putinning ishtirokchilar va mehmonlarga yo'llagan tabrik xati o'qib eshittirildi. Bu vazifani Rossiya Olimpiya Qo'mitasi birinchi vice-prezidenti Igor Levitin bajardi.
“Qadrli, do'stlar! Sizlarni Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasining hisobot-saylov kongressining Moskvada o'tkazilayotgani munosabati bilan qutlayman. Bugungi kunda AIBAtashkiloti o'zida 200dan ortiq davlatni birlashtirgan. Tashkilot sport hamjamiyatida katta obro'ga ega hisoblanadi. O'tgan yillar davomida AIBA boks sport turining dunyo bo'ylab ommalashishi uchun katta hajmdagi islohotlarni olib bordi.
Ishonchim komil, Kongress davomida bazi yig'ilib qolgan masalalar atroflicha muhokama qilinadi va o'zining ijobiy echimini topadi. Bu borada sizlarga omad tilayman.
Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin”
O'z o'rnida hamyurtimiz AIBA prezidenti G'ofur Rahimov Vladimir Putinga o'z minnatdorchiligini bildirar ekan, Rossiya Federaciyasi Kongressni yuqori saviyada o'tkazishga yaqindan yordam berganligiga alohida urg'u qaratdi.
Kamoliddin ALIMOV Moskva, Rossiya Federaciyasi
Fikrlar