27 okt 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski: "Har soniyada odamlar noto'g'ri fikrda ekanligini isbotlashni xohlayman"
Yarimengil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovski Islam Maxachev bilan jangda autsayder bo'lib qolishdan xavotirda emasligini aytdi.
"Albatta, bu chorlov men uchun. Hamma o'ylamoqda, bunday sinovga dosh bera olamanmi? Lekin, buni qila olishimga 100% aminman. Bundan tashqari, bu jangda meni autsayder deb elon qilinishini kuta olmayman. Har soniyada odamlar noto'g'ri fikrda ekanligini isbotlashni xohlayman. Men uchun autsayder maqomi muammo emas. Hattoki bu menga yoqadi", - dedi Volkanovski.
UFC 280 turnirida Islam Maxachev CHarlz Oliveyrani mag'lub etib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, Maxachev - Volkanovski jangi UFC 284 turnirida bo'lib o'tishi mumkin.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar