13 apr 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski Maks Xollouey bilan trilogiya haqida gapirdi
UFC chempioni Aleksandr Volkanovski sobiq chempion Maks Xolloueyga qarshi uchinchi jangga qiziqayotganini bildirdi.
Faqat bu to'qnashuv Brayan Ortegaga qarshi jangdan so'ng amalga oshadi.
"Albatta, men Xolloueyga qarshi uchinchi jangga qiziqyapman. Ammo, avval Ortegani mag'lub etishim lozim. Men hozirda faqat Brayan Ortega haqida o'ylayapman. Muxlislar uchinchi jangni istashyapti va men vada beramanki, bu jang albatta bo'ladi. Balki, shu yilning oxirigacha bu jang o'tkazilar", - dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, Volkanovski va Xollouey o'rtasida o'tkazilgan ikkala jangda ham Aleksandr hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar