So’nggi yangiliklar

17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0

27 sen 12:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Volkanovski Maxachev - Maddalena jangiga taxmin bildirdi

UFC chempioni Aleksandr Volkanovski yarim o'rta vazn toifasidagi chempion hamyurti Jek Della Maddalenaning Islam Maxachevga qarshi jangidan kutayotganlarini aytdi.

Volk Maddalenaning engil vazndagi kamarini vakant qoldirib yarim o'rta vazn toifasiga o'tgan Islamning debyutini barbod qila olishiga ishonmoqda.

"Jekni kamsitib bo'lmaydi. U haqiqiy yarim o'rta vazn toifasidagi jangchi, Belal esa greppler. Qarang, u buni qanday uddaladi. "Stoyka"dagi janglarda u haqiqiy mahluq. Ishonchim komil, o'sha jangdan keyin uning teykdaunlarga qarshi kurashish va himoyalanishga bo'lgan ishonchi mutlaqo yangi bosqichga ko'tarildi.

Dahshatli jang kutyapman. Jek bo'lajak jang oldidan men bilan mashg'ulot o'tkazishiga umid qilyapman. Albatta, nimadir tashkil qilamiz. Della - bu qurol. Bilaman, Islam bu jangni engil qabul qilmayapti va bu bilan to'g'ri qilmoqda", - dedi avstraliyalik Submission radiosiga bergan intervyusida.

Kuni kecha Della Maddalena rossiyalik raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratish niyatida ekanini aytgandi. Maxachev bilan ikki marta oktagonni bo'lishgan Volkanovski ham bunday scenariyni istisno qilmayapti.

"Jekning boksi va pressingi aql bovar qilmas darajada. U aniq muddatidan oldin g'alaba qozonishi mumkin. Islam - zo'r jangchi. Uning yarim o'rta vaznga o'tishi diviziondagi ko'pchilik uchun dahshatli tush bo'ldi. Lekin fikrimcha, Maddalena ko'pchilik ishonmayotgan ishni amalga oshira oladi", - deya qo'shimcha qildi tashkilotning yarim engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni.

Eslatib o'tamiz, yarim o'rta vazn chempionligi uchun Jek Della Maddalena va Islam Maxachev o'rtasidagi jang 15 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 322 turniri doirasida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing