19 mar 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkanovski nima uchun Xabibni MMA tarixidagi eng buyuk jangchilardan biri deb hisoblashini tushuntirdi
UFC chempioni avstraliyalik Aleks Volkanovski Xabib Nurmagomedovning MMA tarixidagi o'rni haqida fikr bildirdi.
U rossiyalik jangchining faoliyati boshqa afsonalarnikiga nisbatan qisqaroq bo'lganini tan oldi, ammo masala janglar sonida emasligini takidladi.
"Habib osongina faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Uni eng buyuklar qatoriga qo'shish mumkin, chunki u mag'lubiyatsiz edi, lekin men uchun bu asosiy omil emas — men uchun kimlarga qarshi jang qilganing muhim. Va u qanday g'alaba qozongani — bu haqiqatan ham mutlaq ustunlik edi. Agar uning rekordi bazilarniki kabi boy bo'lmasa ham, hatto CHarlz Oliveyrada ham shuncha g'alaba bor, lekin CHarlzda mag'lubiyatlar ham bor. Xabib raqiblaridan ancha ustun ko'rinardi", — dedi Volkanovski.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
Fikrlar