20 iyu 16:37
Yangiliklar
Volkanovski Oliveyra bilan ham, Maxachev bilan ham jang qilishga tayyor
"Menga katta janglar kerak! CHarlz Oliveyra bilan jang katta tomosha bo'lishi aniq. Uning jangi katta auditoriyaga ega, u raqiblariga zarar etkazadi, qolaversa o'zini avaylamaydi. Bu esa muxlislarga yoqadi, ular shunday janglardan zavqlanishadi.
Agar Islam kamarni yutsa, u bilan ham jang qilishga tayyorman. Bu ikkisi men uchun katta chaqiriqdir, shunday ekan raqobat nuqtai nazaridan ularning qay biri bilan jang qilishim ahamiyatsiz", - dedi Volkanovski MMAFightingonSBN YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Aleks Volkanovski so'nggi bor 3 iyul kuni Maks Xolloueyga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, yangi zelandiyalik MMA ustasi Oliveyra — Maxachev jangi g'olibiga qarshi chiqishini aytgan edi.
Fikrlar