19 apr 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski Oliveyra - Getji jangida kimga muxlislik qilishini aytdi
Yarimengil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovski engil vazn chempioni CHarlz Oliveyra va Jastin Getji o'rtasidagi jangdan nimalar kutayotganini malum qildi.
"Men Oliveyrani tanlayman. Vaholanki, bu jangda ikkala tomon ham g'alaba qozonishi mumkin. Jang qizg'in o'tishi aniq. Bu kurashda CHarlz Oliveyra xavfliroq ko'rinyapti.
O'ylaymanki, ular yaxshi jang o'tkazishadi. Ammo, CHarlzning fundamental mahorati unga g'alaba qozonish imkonini beradi", — dedi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra - Getji jangi 8 may kuni AQSHning Finiks shahrida UFC 274 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar