07 apr 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski o'zidagi koronavirus asoratlari haqida gapirdi
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski koronavirusdan so'ng o'zini qanday his qilayotgani haqida so'zlab berdi.
"Virus meni titratdi. Kunlab yotoqqa mixlanib qoldim. Tushgacha uxlab, hech qanday ish qila olmadim. Hech narsa emadim. Nafas olishga qiynalganlarimni eslashni ham xohlamayman. Hozir, ko'rib turganingizdek ahvolim avvalgisidan ancha yaxshiroq. Engil mashg'ulotlarga qaytdim", - deydi Volkanovski.
Havola :
Manba : Ariel Helwani MMA Show
Fikrlar