16 jan 14:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovskining raqibi kim bo'ladi? Bu savolga UFC prezidenti javob berdi
Xabaringiz bor, ertaga bizning vaqt bilan tongda Abu-Dabi shahrida 2021 yildagi ilk UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida yarim engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Maks Xollouey Kelvin Kattarga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang g'olibi vazn chempioni Aleks Volkanovskiga qarshi bahs olib borish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Bu haqida tashkilot rahbari Dena Uayt malum qildi.
Xollouey so'nggi ikkita jangini aynan Volkanoviskiga qarshi o'tkazib, har ikkisida ham mag'lub bo'lgan edi. Kattar esa 2019 yilda Zabit Magomedsharipovga yutqazganidan so'ng ikkita jangda g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, bu vazn toifasida aynan Zabit Magomedsharipov ham ishtirok etadi va bir necha yildan buyon kamar uchun davogar bo'lib qolmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar