22 okt 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47277_220.jpg)
Vudli: "Xabib Konor kabi Floydga qarshi 10 raund turib bera olmaydi"
O'rtaengil vazn toifasida UFC chempioni va Floyd Meyvezerning do'sti Tayron Vudlining aytishicha, Floyd va Xabib o'rtasidagi boks jangi haqiqatdan ham tashkil etilishi mumkin.
"Floyd barchasi jiddiy ekanligini aytmoqda. U Xabibning menejeri bilan muzokaralar olib bormoqda. Meyvezer ushbu jang amalga oshishiga 70 foiz ishonmoqda.
Xabib chidamli jangchi. Ammo, u Konordek Floydga qarshi 10 raund turib berishiga ishonmayapman.
Konor boks tushishni biladi. Ammo, u boks tarixidagi eng kuchli raqibga qarshi jang qildi. MakGregor jebdan to'g'ri foydalanish, qanday harakat qilish va klinchga kirishni tushunmagandi. O'ylaymanki, Xabib bularni o'rganib oladi. Ammo, uning zarbasi Konornikidan yomonroq", - dedi Vudli.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar