05 sen 11:42
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA Ahmadaliev - Inoue jangiga yana bir bor buyruq bergani aytildi
"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn o'zbekistonlik mijozi Murodjon Ahmadaliev oxir-oqibat yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang qilishi kerakligini aytmoqda.
"Ikkinchi eng engil vazn toifasida Inoue uchun yagona jang qoldi. Bu haqiqiy jang bo'ladi! WBA jangni belgiladi... vaqti keldi!", - deb yozdi Xirn.
Mazkur vazn toifasida WBC, WBO, IBF, WBA (Super) kamarlarini egallab turgan Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxeni bilan jang qilib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ayni damda WBA yo'nalishi bo'yicha Naoya uchun majburiy davogar hisoblanadi. WBA tashkiloti avvalroq ham bu ikki bokschining jangi uchun rasman buyruq bergan edi, biroq tomonlar kelishuvga erishmadi.
Havola :
Manba : primesport
Fikrlar