03 dek 09:12
Yangiliklar
Boks/MMA

WBA: Murodjon Ahmadaliev yagona chempion
WBA kamarlarni qisqartirishda davom etmoqda.
Bungacha ikkinchi engil vazn toifasida Brendon Figeroa chempion, Ahmadaliev esa superchempion sifatida qayd etilardi. (Superchempion - tashkilotning eng nufuzli kamari egasi).
Ammo Fultonga qarshi jangdan so'ng Figeroa kamarlarini yo'qotdi va endilikda 122 funtda Ahmadaliev WBAning yagona chempioni hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Ahmadaliev 19 noyabr kuni chililik Xose Velaskesni mag'lubiyatga uchratib, o'z kamarlarini himoya qilgandi.
Endi WBAda yagona chempionlar oltitaga etdi. Ahmadalievdan tashqari Dmitriy Bivol, Jermell CHarlo, Rojer Guterres, Naoya Inoue va Artyom Dalakyan o'z vaznida yagona chempion hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar