So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

17 dek 10:32
Yangiliklar

Boks/MMA

WBA rahbari Inouega Gudmandan keyin Ahmadaliev bilan jang qilishini buyurdi

Birinchi yarimengil vazn toifasida vaqtinchalik WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Murodjon Ahmadaliev keyingi jangidayoq o'z orzusini amalga oshirishi mumkin.

CHarm qo'lqop ustamiz va uning jamoasi WBA rahbariyatidan ushbu vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi jang berishlarini talab qilmoqda. 

"Biz barcha kamarlar uchun jang o'tkazishni istaymiz. WBA buning uchun o'z tomonidan barcha zaruriy choralarni qo'llashini so'raymiz. Tushunamiz, tashkilot Inouening mashhurligidan kelib chiqib, uning kamarlarini olib qo'ygisi kelmayapti. Lekin istak sabab qoidalarga qarshi bormaslik kerak", — dedi Murodjonning menejeri Vadim Kornilov BoxingScene nashriga bergan intervyusida. 

WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosaning xabar berishicha, WBA Inoue 24 yanvar kuni avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi jangini o'tkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadalievdan chempionlik kamarlarini himoya qiladi.  

"Inoue va uning jamoasida Gudmanga qarshi jangdan keyin yakuniy qaror qabul qilish uchun 10 kun muhlat bo'ladi. SHu muddat ichida Naoyaning jamoasi Ahmadalievning jamoasi bilan o'zaro jang bo'yicha kelishib olishlari lozim", — dedi Mendosa. 

Ahmadalievning yuristi, yani huquqshunos-advokati Pet Inglish bokschimiz nomidan WBA tashklotiga maktub jo'natdi. 

"Bizga vada berishgandi, lekin bu o'z vaqtida bajarilmadi. Jang belgilash bo'yicha rezolyaciya bor edi. Biz hurmat bilan, lekin qati ravishda WBA`dan imkon qadar tezroq Inouega qarshi jangni belgilashlarini talab qilamiz. Biz Naoyaning Gudmandan keyin yana bir ixtiyoriy himoya jangi o'tkazishiga mutlaqo qarshimiz. Yaponiyalikning himoya jangi fursati allaqachon kelgan va u majburiyatlarni bajarishi shart", — deyiladi Inglish yozgan maktubda. 

Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev 14 dekabr kuni tunda Monte-Karloda tashkil etilgan prof boks oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylangan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing