20 mar 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
WBA Usik - Fyuri jangi uchun dedlayn qo'ydi
Agar jahon chempionlari o'zaro jang o'tkazish bo'yicha kelishib olishmasa, u holda Usik majburiy davogardan kamarini himoya qiladi.
Aleksandr Usik va Tayson Fyuri mutlaq jahon chempionligi uchun kechadigan jang bo'yicha bir to'xtamga kela olmayapti. Bunga ko'proq britaniyalik bokschi sababchi bo'lmoqda. Tayson har safar jang uchun shartlarini o'zgartirib boryapti. Bu bilan u Usikka qarshi jangdan ochiqchasiga qochmoqda. Lekin Butunjahon boks associaciyasi (WBA) masalaning echimini topdi.
WBA prezidenti Jilberto Mendosa o'zining Twitter sahifasida post qoldirdi. Unga ko'ra, u bokschilarga ultimatum qo'ydi: jangchilar 1 aprelgacha associaciyaga jang uchun imzolangan shartnomalarini taqdim etishlari shart. Aks holda Aleksandr Usik WBA chempionlik kamarini rasmiy va majburiy davogar Daniel Dyubuadan himoya qiladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar