25 iyu 18:53
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Jeyk Polga shart qo'ydi
Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman bloger-bokschi Jeyk Pol qay holatda chempionlik jangini o'tkazishi mumkinligini aytdi.
Suleymanning so'zlariga ko'ra, Jeyk Pol WBC yo'nalishi chempionlik unvoniga jang qilish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun, avvalo tashkilot reytingidan o'rin olgan eng kuchli 15 nafar bokschisidan birini mag'lub etishi kerak.
SHu bilan birga, Maurisio blogerni boksga etibor qaratgani uchun maqtab qo'ydi. Hozirda bu vaznda WBC chempioni 41 yoshli Badu Jek hisoblanadi. Pol og'ir vazn toifasi WBA reytingida 14-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar