19 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/219141_220.jpg)
WBC prezidenti Deontey Uaylderning kelajagi haqida gapirdi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder bilan o'tkazilgan muzokaralar tafsilotlari haqida gapirdi.
"U bilan bir necha oy avval gaplashdim. Ayta olamanki, unda hammasi yaxshi, u bokschilik faoliyatini qayta tiklashni sabrsizlik bilan kutmoqda", - deya Suleymanning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Malumot uchun, o'tgan yilning oktyabr oyida o'tkazilgan so'nggi jangida Uaylder Tayson Fyuriga mag'lub bo'lgan. Jang 11-raundda Taysonning nokauti bilan yakunlangan. Bu jang orqali Fyuri chempionlik kamarini himoya qila olgandi. Ushbu jang ular o'rtasidagi uchinchisi edi. Dastlabki jang durang, ikkinchisi esa Fyurining g'alabasi bilan yakunlangan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar