11 sen 15:17
Yangiliklar

WBC prezidenti Fyuri - Joshua jangi o'tkazilishini istisno qilmadi
"Fyuri aprel oyida majburiy himoya jangini o'tkazdi. Hozir u o'zi qaror qabul qilishi mumkin, WBC majburiy himoya jangini noyabr oyida tasdiqlaydi. Fyuri - Joshua qarama-qarshiligi doimo qiziqarli bo'lgan, xususan Buyuk Britaniya uchun. Tayson shubhasiz, zamonamizning eng yaxshi og'ir vaznli bokschisi.
Ayni vaqtda unda majburiy jang yo'q. WBC keyingi davogarni aniqlash uchun kichik turnir o'tkazdi. Birinchi bosqichda Endi Ruis Luis Ortisni mag'lub etdi. U keyingi oyda Deontey Uaylder va Robert Xelenius o'rtasida bo'lib o'tadigan jang g'olibi bilan to'qnash keladi. Fyuri esa o'z navbatida mazkur qarama-qarshilik g'olibi bilan jang qiladi. WBC bu ikki qarama-qarshilikni tasdiqlagan", - deya Suleymanning so'zlarini keltiradi BoxingScene nashri.
Fikrlar