04 dek 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC prezidenti Terens Krouforddan kamar olib qo'yilganiga izoh berdi
Jahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Suleyman Terens Kroufordning super o'rta vazndagi chempionlik kamari nega olib qo'yilganini tushuntirdi.
"U qoidalarga rioya qilmadi, keyin super o'rta vaznga ko'tarildi va “asr jangi”ni uyushtirdi. Terens Kaneloni mag'lub etdi va taxminan 50 million dollar atrofida pul ishladi. WBC bunday summadan 3 foiz olishni maqsad qilmagan. Biz aniq belgiladik: Terens o'z gonorarining 0,6%ni to'lashi kerak edi. Uning 225 ming dollari Xose Suleyman jamg'armasiga ketardi — bu yordamga muhtoj sobiq bokschilar uchun ajratilgan mablag'.
Bu, oddiy qilib aytganda, afsuslanarli holat. U hatto “raxmat” yoki “kechiring” ham demadi, boshqa yo'ldan bordi. Hech qanday javob yo'q. Unga omad tilayman", — dedi Suleyman BoxingScene nashriga bergan intervyusida.

Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar