So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

19 avg 12:40
Yangiliklar

Boks/MMA

WBC reytingi. Madrimov bir pog'ona ko'tarildi, Qudratillo esa reytingni tark etdi va boshqa bokschilarimizning o'rni

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) avgust oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 

Kuni kecha elon qilingan reytingdan 6 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov 32-pog'onaga joylashdi.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) faoliyatini davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev WBC reytingida 33-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 39-o'ringa joylashgan. 

Yarimo'rta vazn toifasida janglarda ishtirok etadigan Qudratillo Abduqahhorov (-66,67 kg) o'tgan oyda oltinchi o'rinda qayd etilgandi. Ammo yangilangan reytingda u yo'q. Bu katta ehtimol bilan bokschimiz IBF kamari uchun jang qilishi bilan bog'liq.

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) bir necha kun oldin g'alaba qozongan, ayni paytda WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 25-pog'onasidan joy olgan. U o'tgan oyda 26-pog'onada qayd etilgandi.

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) esa ikkinchi o'rinda qolgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqo'ziev 39-pog'onaga joylashgan.

Mavzuga aloqador:

WBA reytingi yangilandi. O'zbek bokschilari qaysi o'rinlarni egallab turishibdi?


IBF yangi reytingni elon qildi. O'zbek bokschilarining o'rni qanday?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing