11 avg 20:32
Yangiliklar
WBC reytingi: SHohjahon va Otabek ko'tarildi. SHahram, Murodjon pastladi + POSTER
Mazkur reytingdan 11 nafar bokschimiz joy olgan. Ularning joylashgan o'rinlari bilan tanishing:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidagi singari 16-o'rinni band etib turibdi;
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev 18-o'rin(o'tgan oyda 19-o'rinda edi)
Superyarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab, 7-o'ringa joylashdi;
Yarimo'rta vazn (66,6 kg): SHahram G'iyosov 2 pog'ona pastlab, 18-o'rinda; Jahongir Rasulov 29-o'rin;
Superengil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 2 pog'ona ko'tarilib 13-o'rinda qayd etildi; Botir Ahmedov 1 pog'onaga ko'tarildi - 30-o'rin; Mujibillo Tursunov 38-o'rin(o'tgan oyda 39-o'rinda edi);
Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o'tgan oydagidan 4 pog'ona yuqorilab 6-o'rinni egalladi;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 5-o'ringa joylashtirildi;
Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatov o'tgan oydagi singari 7-o'rinda.
Fikrlar