So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

14 apr 16:20
Yangiliklar

Boks reytingi

WBC reytingi yangilandi: Bir bokschimiz reytingni tark etdi, yana biri kiritildi + POSTER

Teglar :  wbc
Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi mart oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Yarim o'rta vazn toifasidagi Jamshid Najmittinov reytingni  tark etdi. Ushbu vazndagi Jahongir Rasulov mazkur reytingga ilk bor kiritildi.

SHu tariqa, reytingda 10 nafar charm qo'lqop ustamiz o'rin egalladi. 

Ularning joylashgan o'rinlari bilan tanishing:

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagi singari16-o'rinda;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 1 pog'ona yuqoriladi va 9-o'ringa joylashdi; Bektemir Meliqo'ziev 23-o'rinni band etdi, o'tgan oyda u 22-pog'onada edi;

Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 7-o'ringa joylashdi;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg):  SHahram G'iyosov 19-o'rin; Jahongir Rasulov reytingga kiritilib 34-o'ringa joylashtirildi;

Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev o'tgan oydagidan bitta o'rin ko'tarilib 12-o'rinda qayd etildi; Botir Ahmedov esa 1 pog'ona pastladi - 22-o'rin;

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 14-o'rin, bokschimiz o'tgan oyda 15-pog'onani band etib turgan edi;

Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatov o'tgan oydagi kabi 10-pog'onani band etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing