08 noy 07:45
Yangiliklar
Boks/MMA

WBC Tayson - Jons jangi uchun maxsus kamar hozirladi + FOTO
WBC rahbariyati ikki afsonaviy bokschilarning ko'rgazmali jangi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bo'lajak jangda superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson hamda beshta vaznda sobiq jahon chempioni Roy Jons o'zaro ringda to'qnash keladi.
WBC jang g'olibi uchun maxsus kamar hozirlab qo'ydi. Tashkilot ushbu kamarni keng ommaga namoyish etdi. Ananaviy yashil rangdagi kamarda Tayson va Jonsning suratlari aks etgan. SHuningdek, Black Lives Matter yozuvi ham joylashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Mayk Tayson — Roy Jons jangi 28 noyabr kuni Kaliforniya shtatida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar