16 avg 18:58
Yangiliklar
WBC'ning yangilangan reytingida 13 nafar bokschimiz bor: Bahodir pastladi, Bektemirdan super ko'tarilish + POSTER
Butunjahon Boks uyushmasi avgust oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Mazkur reytingdan 13 nafar bokschimiz joy olgan bo'lib, ularning o'rni bilan tanishing:
Og'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 21-o'ringa joylashtirildi;
Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 14-o'rin; Bektemir Meliqo'ziev esa 10 pog'ona ko'tarilib 29-o'rinni band etdi;
Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'rinda, bokschimiz o'tgan oyda 9-pog'onada edi;
Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-pog'onada, o'tgan oyda 20-o'ringa joylashgan edi; SHahram G'iyosov 24-o'rin; Jamshidbek Najmitdinov esa 30-o'rindan bir pog'ona pastlab, 32-o'rinni egalladi;
Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 18-o'rinda qayd etildi, iyul oyida 21-pog'onada ko'rsatilgan edi;
Ikkichi yarim engil vazn (58,9kg): Elnur Abduraimov reytingga kiritilib 40-o'ringa joylashtirildi;
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o'tgan oydagidan bir pog'ona ko'tarilib 36-o'rinni egalladi;
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 36-o'ringa joylashdi;
Engil vazn (50,8 kg): Olimjon Nazarov reytingga kiritilib 39-pog'onada qayd etildi;
Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning pog'onasi o'zgarishsiz qoldi - 11-o'rin.
Fikrlar