So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

11 jan 13:15
Yangiliklar

Boks reytingi

WBC'ning yangilangan reytingida Bahodir Jalolov ko'tarildi, yana bir bokschimiz reytingni tark etdi + POSTER

Teglar :  WBC
Butunjahon Boks ittifoqi (WBC) yangilangan reytingni elon qildi.

Butunjahon Boks uyushmasi dekabr oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Noyabr oyida Olimjon Nazarov reytingni tark etgan bo'lsa, dekabrda Elnur Abduraimov ushbu ro'yxatdan chiqib ketdi. 

SHu tariqa, reytingda 10 nafar charm qo'lqop ustamiz qoldi. 

Ularning joylashgan o'rinlari bilan tanishing:

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagi o'rniga nisbatan 3 pog'ona yuqorilab, 14-o'ringa joylashdi;

Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 1 pog'ona ko'tarildi va 11-o'ringa joylashdi; Bektemir Meliqo'ziev esa 26-o'rinni band etdi, o'tgan oyda u 25-pog'onada edi;

Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov doimgidek 8-o'rinda;

Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov o'tgan oydagidan  pog'ona pastlab 18-o'ringa joylashdi; SHahram G'iyosov 21-o'rin, G'iyosov o'tgan oyda 20-o'rinda edi;  Jamshidbek Najmitdinov o'tgan oydagi kabi 29-o'rinda;

Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 11-o'rinda qayd etildi, bokschimiz o'tgan oyda 13-o'rinni band etib turgandi, Botir Ahmedov 3 pog'ona yuqorilab 22-o'ringa joylashtirildi;

Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning o'tgan oydagi kabi 13-o'rinni band etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing