03 avg 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO Bektemir Meliqo'zievning vazniga o'tgan Janibek Alimxanulini reytingining yuqori pog'onasiga joyladi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) supero'rta vazn toifasining yangilangan reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, qozog'istonlik Janibek Alimxanuli Saul Alvaresdan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.
Avvalroq, WBO va IBF yo'nalishlari bo'yicha o'rta vazn toifasida jahon chempioni bo'lmish Alimxanuli endi supero'rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirishi haqida xabar bergandik.
Ayni paytda super o'rta vazn toifasidagi WBO chempionlik kamari britaniyalik Xamza SHirazga tegishli.
Mazkur reytingda hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev ettinchi o'rinda bormoqda.

Havola :
Manba : WBO
Fikrlar