25 mar 15:36
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO rahbari WBC'ning g'oyasiga qo'shilmadi
WBO Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi jangda ishlaydigan hakamlar sonining oshirilishini istamaydi.
Avvalroq WBC prezidenti Maurisio Suleyman ushbu jangda hakamlar ko'proq bo'lishi kerakligini aytgandi.
"Bu mavzu muhokama qilingan. Uch nafar hakam etadi.
Bizning sportda uch nafar hakam jangni raundma-raund baholab boradi. Har bir raund - yangi jang. Suvga sakrashdan farqli ravishda qanday baho qo'yilayotganini jangchilar bilishmaydi.
Boksda hakamlar bahsli qaror bermaguncha ularga xech kim etibor bermaydi. Agar shunday bo'lsa ularni korrupciyada, noadekvatlikda ayblashadi", - dedi WBO prezidenti Pako Valkarsel.
Havola :
Manba : World Boxing News
Fikrlar