So’nggi yangiliklar

10:22Томас Бах: "World Boxing томонидан тан олинган федерациялар боксчилари Лос-Анжелес-2028`да қатнашишлари мумкин" 0 10:01Конор Макргегор Оқ уйда Дональд Трамп билан учрашди + ФОТО 0 09:38Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этди + ФОТО 0 09:05Икки ҳамюртимиз Octagon 71 турнирида жанг қилади 0 18:33Анкалаевнинг мураббийи Перейрани айёрлик ишлатган деб ҳисобламоқда 0 18:12“Bukhara Open” халқаро турниридан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 17:51Тимур Кападзенинг терма жамоадаги мураббийлар штабига беларуслик мутахассис қўшилди 0 17:30"Топурия енгил вазнда чемпионликни қўлга киритиши мумкин" - собиқ чемпион 0 17:09"Мен Топ-5`да Двалишвили билан жанг қилмаган ягонаман" - Сэндхаген камар учун жанг қилмоқчи 0 16:48Махачев жамоаси Топурия билан жанг ҳақидаги маълумотни рад этди 0 16:27Марказлашган тарзда давом этадиган Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Ал Ҳилол" Корея, "Ал Насср" Япония клуби билан ўйнайди 0 16:06Анкалаев Прохазка билан жанг қилмайди, Перейра билан реванш бўйича музокара кетмоқда 0 15:45WTA рейтинги. Икки теннисчимиз кўтарилди, яна иккиси "шўнғиди" 0 15:24Пэдди Пимблетт Махачев - Топурия эҳтимолий жангига тахмин билдирди 0 15:03"Рома" етакчилари жароҳат олди 0

17 mar 10:30
Yangiliklar

SHaxmat

“Women’s Chess Championship 2025”. Omonova kuchli uchlikka yakunlashdi, bugun ikki juftlikda o'zbek derbisi

Qo'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida nufuzli “Women’s Chess Championship 2025” xalqaro shaxmat turniri davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu xalqaro turnirda dunyoning 14 davlatidan 150 nafarga yaqin ayol shaxmatchi bosh sovrin uchun bahslar olib boryapti. Turnir ikki - A va V guruhlarida o'tkazilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida reytingi 1800 dan yuqori bo'lgan shaxmatchilar dona suryapti. 

“Women’s Chess Championship 2025” turniri 9 turdan iborat bo'lib, shveycarcha tizimda o'tkazilmoqda. Unda Umida Omonova, Barchinoy SHokirjonova, Afruza Hamdamova, Nodira Nodirjonova, Nilufar Yakubboeva singari o'zbekistonlik shaxmatchilar ham o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishyapti. 

Kecha xalqaro musobaqada 7-tur uchrashuvlari o'tkazildi. SHaxmatchi qizlarimiz orasida shu turgacha eng yaxshi natija qayd etib turgan Afruza Hamdamova qora donalarda musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi, rossiyalik Polina SHuvalovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rossiyalik grossmeyster, Olimpiada va jahon chempioni Olga Girya hamyurti Leya Garifullinadan ustun keldi. Har ikki rus shaxmatchisi bu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 5,5 taga etkazib olishdi. Polshalik grossmeyster Alisya Slivichka eng yaqin taqibchisi rossiyalik Anna SHuxman bilan durang o'ynab, o'z karvonboshiligini saqlab qoldi. 

Umida Omonova 7-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, singapurlik Gun Cyanyunni mag'lub eta oldi. Nilufar Yakubboeva qora donalarda rossiyalik Yana Japova bilan murosaga keldi. Guldona Karimova hindistonlik Gupta SHubhini, Marjona Malikova rossiyalik Alena Volchkovani mag'lubiyatga uchratdi. Nodira Nodirjonova oq donalarda harakat qilganiga qaramay, rossiyalik Ekaterina Smirnovaga yutqazib qo'ydi.

Ettinchi turdan so'ng turnir jadvalida Alisya Slivichka 6 ochko bilan yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Rossiyaliklar Polina SHuvalova, Olga Girya va Anna SHuxman hisobida 5,5 tadan ochko bor. Etti imkoniyatdan 5 ochko jamg'argan Umida Omonova  qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'ringa ko'tarilib oldi. U 5 ochko jamg'arganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega. To'rt yarim ochkoga ega Afruza Hamdamova 10, Guldona Karimova 11, Marjona Malikova 12, Nilufar Yakubboeva esa 14-o'rindan joy olgan. 

Bugun “Women’s Chess Championship 2025” turnirida 8-tur partiyalari o'ynaladi. Nilufar Yakubboeva oq donalarda Umida Omonovaga qarshi bahs olib boradi. Umida g'alaba qozongan taqdirda, sovrinli o'rinlar uchun imkoniyatini yaxshilab oladi. Yana bir o'zbek derbisida Afruza Hamdamova qora donalarda Guldona Karimovaga qarshi o'ynaydi. Marjona Malikova oq donalarda eronlik Melika Mohammadi bilan hisob-kitob qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing