04 apr 09:58
Yangiliklar

World Boxing. Bugun yana uch bokschimiz final chiptasi uchun ringga chiqadi
Musobaqaning beshinchi kun dasturida 3 nafar bokschimiz 1/2 final janglarida ringga chiqadi. Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov gvatemalalik Jose Felipega qarshi jang o'tkazadi. Aynan u bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab beradi. Ushbu jang bizning vaqt bilan ertaga tong saharda, soat 03:15da boshlanadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Jose Felipe (Gvatemala) soat 03:15
-80 kg: Javohir Ummataliev - Dias Moljigitov (Qozog'iston) 04:00
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Yakub Strashevski (Polsha) 04:45
Eslatib o'tamiz, kecha Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi To'rabek Habibullaev (-90 kg), eng og'ir (+90 kg) vazndagi charm qo'lqop ustamiz Jahongir Zokirov, Asilbek Jalilov (-50 kg) va Fazliddin Erkinboev (-75 kg) raqiblarini mag'lub etib, finalga yo'l olgandi.
Fikrlar