07 iyu 09:05
Yangiliklar

World Boxing tashkiloti kubogini 5 ta medal bilan yakunladik
Musobaqada ishtirok etgan Elshod Rasulov boshchiligida O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1 ta oltin va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. -65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
U final jangida Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Navbahor jahon chempionati finalidagi mag'lubiyat uchun Busenazdan revansh oldi. Hamidova World Boxing kubogida chempionlikka erishgan birinchi o'zbek ayol bokschisi bo'ldi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal
-65 kg. Navbahor Hamidova
Bronza medallar
-54 kg. Feruza Kazakova
-75 kg. Aziza Zokirova
-80 kg. Sohiba Ro'zmetova
+80 kg. Oltinoy Sotimboeva
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov.
SHifokor: Komiljon Rasulov.
Fikrlar