02 apr 10:55
Yangiliklar
Tennis
WTA 1000. Mayami turniri bosh sovrini kimga nasib etdi?
AQSHning Mayami shahrida nufuzli WTA musobaqasi yakuniga etdi.
Hal qiluvchi bahsda CHexiya vakilasi Petra Kvitova qozog'istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda chexiyalik tennischi raqibasini 7:6, 6:2 hisoblarida taslim etdi va bosh sovringa ega chiqdi.
Ushbu g'alaba Kvitova uchun faoliyatidagi 30-sovrin bo'ldi. Mayamidagi chempionlik Kvitovaga 1,262,000 dollar hamda 1000 reyting ochkosi keltirdi. Ribakina esa 650 ming dollar va 650 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar