10 dek 17:15
Yangiliklar
WTA 2022 yilning eng yorqin raqobatlari ro'yxatini elon qildi
Birinchi o'rin polshalik Iga Svyontek hamda belaruslik Arina Sobolenkoga nasib etdi. Bu yil hisobidan tennischilar o'zaro besh marotaba to'qnash kelishgan. Belaruslik tennischi dastlabki uchta bahsda biror marta ham g'alaba qozona olmagan. Keyinchalik, AQSH Ochiq chempionatida ularning yo'llari yana kesishdi va bu safar ham Iga uch setda raqibini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. WTA Finalidagi shiddatli kurashda esa Sobolenko g'alaba qozondi.
Ikkinchi o'rinni rossiyalik Veronika Kudermetova va shveycariyalik Belinda Benchich band etdi. Bu mavsumda ular uch marta to'qnash kelishdi va ikki bor g'alaba Belindaga nasib etdi.
Eng yorqin qarama-qarshiliklar orasida uchinchi o'rinni Sobolenko va estoniyalik Kayya Kanepi egalladi. Bu yil ular ikki marta "Katta Dubulg'a" turnirlarida to'qnash kelishdi. Avstraliya Ochiq chempionatining to'rtinchi bosqichida Kanepi hal qiluvchi tay-brekda ustun kelgan bo'lsa, AQSH Ochiq chempionatida Arina ikki setda zafar quchgan.
Fikrlar