26 may 17:52
Yangiliklar

WTA reytingi. O'zbekistonning birinchi raketkasi 30 pog'ona yuqoriladi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko juda katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikaliklar Koko Goff ikkinchi, Jessika Pegula uchinchi o'rinni band etgan. Qozog'istonlik Elena Ribakina Strassburg turniridagi chempionligi sabab 12-pog'onadan 11-o'ringa ko'tarilib oldi.
Xabaringiz bor, o'tgan hafta O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgargandi. Uzoq muddat mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo'lib kelgan Nigina Abduraimova o'z o'rnini Vlada Yakshibarovaga bo'shatib bergandi. Vlada 30 pog'onaga yuqorilab, ayni paytda 888-o'rinni egallab turibdi. Qolgan tennischilarimizning bari reytingda pastlashdi.
WTA reytingi. 26 may kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10683 ochko
2. (2) Koko Goff (AQSH) - 6863
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 6243
4. (4) Jasmine Paolini (Italiya) - 5865
5. (5) Iga Svyontek (Polsha) - 5838
6. (6) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4986
7. (8) CHjen Cinven (Xitoy) - 4368
8. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4184
9. (9) Emma Navarro (AQSH) - 3879
10. (10) Paula Badosa (Ispaniya) - 3684
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
888 (918). Vlada Yakshibarova – 27 (+3)
942 (935). Nigina Abduraimova – 22
1354 (1348). Milana Maslenkova – 5
1377 (1374). Sabrina Olimjonova – 4
1402 (1397). Darya SHubina – 3
Fikrlar